PDP IT akademiyasi asoschisi Odlbek Mirzayev 1-apreldan masofaviy dasturlashni o’rgatadigan PDP Online platformasi ishga tushishini ta’kidlab o’tgan edi.
Yurtimizda karantin munosabati bilan transport tarmog’i harakatiga cheklov qo’yilishi akademiya mentorlarining bevosita onlayn darslar yoziladigan ECMA ofisidagi studiyaga qatnashishida ba’zi noqulayliklarni keltirib chiqarganligi natijasida, platformaning bugungi taqdimoti biroz kechiktirildi.
Noqulayliklarga qaramay, o’z faoliyatini onlayn tarzda olib borayotgan ECMA dasturiy ta’minot jamosi va PDP IT akademiyasi mentorlari yaqin soatlarda PDP Online platformasini siz azizlarga taqdim etishni rejalashtirmoqda.
56 Comments